date

Xitoyda dunyodagi eng yirik suzuvchi oʻzgarmas tok stansiyasi qurib bitkazildi

Xitoyda dunyodagi eng yirik suzuvchi oʻzgarmas tok stansiyasi qurib bitkazildi

Xitoyning Yanszyan shahri qirgʻoq yaqinidagi akvatoriyasiga dunyodagi eng yirik offshor oʻzgartirish stansiyasi joʻnatildi. Quvvati 2 gigavattga teng boʻlgan “Haifeng Heart” (Xayfen qalbi) deb nomlangan ulkan platforma ikkita yirik dengiz shamol elektr stansiyasini mamlakatning milliy energiya tizimi bilan bogʻlaydigan asosiy energiya tuguniga aylanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu noyob obʼekt ogʻir uskunalar ishlab chiqaruvchi yetakchi Shanghai Zhenhua Heavy Industries (ZPMC) kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan. Platformani olib ketayotgan kema Nantundan yoʻlga chiqib, yakuniy oʻrnatish bosqichi uchun belgilangan manzilga yoʻl oldi. Majmua ishga tushirilgach, tarmoqqa har yili taxminan 6 milliard kW⋅soat qayta tiklanuvchi elektr energiyasini yetkazib beradi.

Stansiyaning oʻlchamlari hayratlanarli: balandligi 44 metr (8 qavatli uyga teng), uzunligi 85,5 metr, kengligi 82,5 metr va ogʻirligi 25 000 tonnani tashkil etadi. Bu insoniyat tarixidagi eng yirik energetika konstruksiyalaridan biri boʻlib, uni qurishda qirgʻoqda yigʻish, murakkab uskunalarni integratsiya qilish va ichki montaj ishlarini parallel ravishda olib borish kabi ilgʻor usullardan foydalanilgan.

ZPMC mutaxassisi Yan Bingning soʻzlariga koʻra, loyiha doirasida sohaning oltita muhim rekordi oʻrnatildi. Offshor shamol turbinalari oʻzgaruvchan tok (AC) hosil qiladi, biroq uni suv osti kabellari orqali uzoq masofaga uzatishda katta yoʻqotishlar yuzaga keladi. Oʻzgartirish stansiyasi tokni oʻzgarmas holatga (DC) oʻtkazish orqali yoʻqotishlarni minimallashtiradi va qirgʻoqdan 100 kilometrdan uzoqroqdagi shamol resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoyda dunyodagi eng yirik suzuvchi oʻzgarmas tok stansiyasi qurib bitkazildi