16:10 / 18.06.2017
4 719

Rossiyaning «Sberbank»i naqd pullarni tezda manzilga etkazuvchi o‘ziuchar samolyotni kashf qilishdi

Rossiyaning «Sberbank»i naqd pullarni tezda manzilga etkazuvchi o‘ziuchar samolyotni kashf qilishdi
Dron sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. U kassa markazidan inkassatorlar mashinasigacha bo‘lgan masofaga naqd pullarni katta tezlikda etkazishi bilan barchani hayratga soldi. Masofa jami 10 kilometrdan iborat edi. Dron bu masofani soatiga 180 km tezlikda qandaydir soniyalarda bosib o‘ta oldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada keyingi yillarda inkassatorlarga hujum qilish va pullarni o‘g‘irlab qochish jinoyatlari ko‘paygandan ko‘paygan. Inkassatorlarni qo‘riqlayotgan qo‘riqchilardan tortib, polisiyachilargacha bu jinoyatlarni sira kamaytira olishmayapti.

Dron, ya’ni, o‘ziuchar samolyot xuddi o‘sha jinoyatchilardan davlat pulini asrash maqsadlarida ishlab chiqarilgan. Uning afzallik jihatlaridan biri shundaki, samolyotga maxsus bo‘yoqlar quyilgan konteyner ham joylashtirilgan. Basharti jinoyatchilar samolyotga hujum uyushtirsa-yu, tutib olishsa, avtomat tarzda o‘sha bo‘yoqlar pullarni yaroqsiz holatga keltiradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyaning «Sberbank»i naqd pullarni tezda manzilga etkazuvchi o‘ziuchar samolyotni kashf qilishdi