Lenovo o‘zining rasmiy Tvitterida kelajak noutbukining konseptini namoyish etdi, deb yozadi «Terabayt» nashri.
Yangi qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi – klaviaturaning o‘zidanoq boshlanib ketuvchi qayishqoq ekrani bo‘ladi. Bunday noutbukda tachpad bo‘lmasligi, lekin u ovozli buyruqlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi ta’kidlanayotir. Uni yaratish uchun konstruksiyaning qayishqoqligi va shu bilan birga mustahkamligini ta’minlay oladigan nostandart materiallardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Qayishqoq noutbukni olib yurish ham yanada qulay bo‘ladi, chunki uni shunchaki o‘rab olsayam bo‘laveradi.
Garchi zamonaviy texnologiyalar bunday funksiyani amalga oshirishga imkon bersa-da, Lenovo hozircha bunday noutbukni ishlab chiqarishni va’da qilmayapti – ayni damda bu o‘ta mushkul va qimmatga tushadi. Umuman olganda, noutbuk hali konsept bosqichida, deydi kompaniya. Ehtimol, vaqti kelib, Lenovo shunaqa «o‘raladigan» noutbukni taqdim etsa ham, u butkul boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Kompyuterlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblangan Lenovo, balki, bu bilan o‘z faoliyatini kelajakda qaysi yo‘nalishda rivojlantirishiga shama qilgandir. Nima bo‘lganda ham, bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi