Turkiya va Gretsiya xakerlari o‘rtasida kiberurush boshlandi

Turkiya va Gretsiya xakerlari o‘rtasida kiberurush boshlandi
Turkiya va Gretsiya xakerlari o‘rtasidagi kurash 23 iyun kuni Gretsiya bosh vaziri saytiga uyushtirilgan kiberhujumdan keyin avj oldi. Bu haqda «Gretsiyaning Star» telekanaliga tayanib «Qalampir.uz» xabar berdi.

23 iyun kuni Gretsiya bosh vaziri sayti bir necha soatga ish faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Turkiyalik xakerlar guruhining ma’lum qilishicha, ular saytni Gretsiyada Istanbuldagi Ayya Sofiya ibodatxonasida Qur’oni Karim o‘qilgandan so‘ng norozilik yuz bergach, buzib kirishgan. Ular saytni buzib kirib, ichiga “Sofiya Ona bizniki” deya habar qoldirishgan.

Keyinchalik bosh vazir matbuot xizmatining saytida muammolar bo‘lganini tasdiqladi, lekin xakerlik hujumi qachon uyushtirilgani va boshqa tafsilotlar haqida oshkor qilishdan bosh tortishdi.

Turkiya hakerlari hujumi bo‘lib o‘tgandan so‘ng “Anonymous” xakerlik guruhining Gretsiyadagi vakillari Facebook sahifasidagi manzilida bo‘lgan voqealarni javobsiz qoldirmasligini aytgan.

“Sizlar bizning bir dona saytimizni izdan chiqardingiz, biz esa sizlarning yuzlab saytlaringizni izdan chiqarishga va’da beramiz”, deyiladi Anonymous Greece xabarida.

Shundan so‘ng Anonymous Greece xakerlik guruhi Turkiyaning www.yirmidort.tv telekanali saytini buzib kirdi va bu faqat boshlanishi deya habar qoldirdi.

“Biz endi boshladik. Turkiyaga xush kelibsiz! Muqaddas Sofiya greklarga tegishli. Sizlar hech nima qila olmaysizlar. Greklar sizlardan kuchli”, deya xabar qoldirgan Anonymous Greece guruhi.

Turkiya mahalliy telekanallarining ma’lum qilishicha, tez orada Turkiya saytlariga keng ko‘lamli kiberhujumlar uyushtirilishi xavfining ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin .

Gretsiya TIV payshanba kuni Muqaddas Sofiya ibodatxonasida Qur’on o‘qilishini qoraladi va Turkiyani masjidni jahon madaniyati merosiga aylantirishga qarshiligi va millatlararo hamjamiyatni tahqirlashda aybladi. Anqara bunga javoban ayblovni rad etib, Gretsiyani dinlararo bag‘rikenglik va musulmonlar huquqlarini buzishda aybladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar