13:39 / 27.06.2017
4 915

Olimlar: hattoki o‘chirib qo‘yilgan smartfon ham kishilarning aqliy salohiyatiga zarar etkazadi

Olimlar: hattoki o‘chirib qo‘yilgan smartfon ham kishilarning aqliy salohiyatiga zarar etkazadi
Inson yonida hattoki o‘chirib qo‘yilgan smartfon bo‘lsa ham, aqliy vazifalarni yomon bajaradi. Olimlar bunday xulosaga kishilarni o‘zlari yaxshi ko‘rgan gajetlar yonida masalalarni echirib ko‘rib kelishgan. Tadqiqot natijalari Journal of the Association for Consumer Research jurnalida e’lon qilindi.

Tajribalarda kompyuterlar monitori oldida o‘tirgan ishtirokchilardan diqqatli bir joyga to‘plash talab etiluvchi vazifalarni bajarish so‘raldi. Barcha qatnashchilardan o‘z gajetlarini shovqinsiz rejimga qo‘yish va ularni yoki stolga ekranini pastga qaratib, yoxud sumka va cho‘ntakka solib qo‘yish yoki boshqa xonaga olib chiqib qo‘yish talab qilindi. Natijalarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, telefonini boshqa xonaga olib kirib qo‘yganlar, vazifani yaxshiroq uddalashgan bo‘lsa, gajetlarni stolning ustiga qo‘yib qo‘yganlar, uni cho‘ntak yoki sumkada saqlaganlardan biroz yaxshiroq natija ko‘rsatishdi.

«Sizning ongingiz smartfon haqida o‘ylamaydi, biroq, aniq bir narsa haqida o‘ylashni talab etuvchi bu jarayon, sizning aqliy resurslaringiz bir qismini tortib oladi», - deya aniqlik kiritdi tadqiqot muallifi Edrian Uord.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar: hattoki o‘chirib qo‘yilgan smartfon ham kishilarning aqliy salohiyatiga zarar etkazadi