"VKontakte" Instagram bilan raqobatlashuvchi Snapster ilovasini taqdim etdi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i o‘zining Snapster nomli fotoilovasini taqdim etdi, deb yozmoqda Kun.uz.
Ilova o‘zi avtomatik tarzda o‘chib ketadigan suratlarni shaxsiy xabarlarga yuborish imkoni mavjud bo‘lgan fotoredaktordan iborat. Bundan tashqari, Snapster suratlarni “VKontakte”, tvitter, feysbuk hamda instagramga yuborish imkonini beradi.
Ilova “VKontakte”dagi akkaunt bilan sinxronlashadi hamda foydalanuvchi do‘stlarining yangi suratlarni ko‘rish imkonini beradi. Snapster’da bosilgan “Like” ijtimoiy tarmoqda ham ko‘rinadi.
Snapster Android hamda iOS smartfonlari uchun mavjud. Ilova ingliz hamda rus tillarida ishlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing