Yuridik shaxslar bir mobil operatordan beshta va undan ortiq raqamni olish uchun bu ehtiyojni yozma tarzda asoslab berishlari kerak bo‘ladi. Bu normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan mobil operatorlar uchun yangi qoidalarda ko‘zda tutilgan. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, beshta va undan ortiq raqamlariga ega bo‘lgan abonent – jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish ushbu operatorning xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, shartnoma faqatgina ehtimoliy abonent shaxsan kelganida va u tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda tuziladi. Muqobil variant sifatida pasportning asli va ishonchnoma taqdim etgan vakil bilan ham shartnoma tuzilishi mumkin.
Yangi qoidalar telefon suhbatlari va telekommunikasiya tarmoqlari orqali uzatiluvchi boshqa xabarlarning maxfiyligini saqlab qolishni nazarda tutadi. Operator va diler abonent haqidagi ma’lumotni, uning roziligisiz tarqatishga haqi yo‘q. Bunda qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar istisnodir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi