Samsung smartfonlarni simsiz quvvatlantiruvchi birinchi monitorini taqdim etdi

Samsung smartfonlarni simsiz quvvatlantiruvchi birinchi monitorini taqdim etdi
Samsung smartfonlarni simsiz quvvatlantiruvchi birinchi monitorini taqdim etdi

Samsung mobil telefonlarni simsiz quvvatlantirish funksiyasiga ega bo‘lgan SE370 monitorini taqdim etdi. Bu haqda «3dnews.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda. Kompaniya ta’kidlashicha, bu shunday funksiyali dunyodagi birinchi monitordir.

23,6 va 27 dyuymli variantlarda chiqariladigan monitor Qi standart simsiz zaryadkadan foydalanadigan barcha mobil qurilmalarga mos tushadi. Quvvatlanish avtomatik tarzda yonadi — buning uchun telefonni monitor tirgagidagi zaryad maydonchasiga joylash kifoya, shunda yashil yorug‘lik diodli indikator ishga tushadi.

Monitor Windows (jumladan Windows 10) va OS X’da ishlaydigan qurilmalar bilan mos tushadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar