Qozog‘iston pochta xizmati tez orada dronlar yordamida jo‘natmalarni yetkazishni boshlaydi
Qozog‘iston pochta xizmatining rahbari Saken Sarsenovning Forbes.kz nashriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, pochta jo‘natmalarini yetkazishda xizmat tez orada yangi texnologik transport vositalari – dronlarni jalb qilishni rejalashtirgan.
Dronlar, asosan, 130 dan 600 kilometrgacha bo‘lgan uzoqlikka jo‘natmalarni yetkazishga xizmat qiladi. Dronlar shahar va boshqa aholi yashash punktlaridan yetarli darajada uzoq bo‘lgan hududlarda ishga tushirilishi ma’lum qilingan. Xizmat hozirgacha 1 kg og‘irlikdagi jo‘natmani dronda yetkazishni sinovdan o‘tkazgan. 600 km uzoqlikkacha uchadigan dron 5 kilogrammgacha bo‘lgan yukni ko‘tara oladi.
Bunday usulda jo‘natmalarni yuborish pochta xizmatiga mablag‘larni tejashda yordam beradi. Chunki dron elektrdan quvvatlanib, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarni ham qamrab oladi va xizmat sifatini oshirishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0
…