Adidas kompaniyasi Runtastic kompaniyasini 220 mln evroga sotib oldi

O‘zining yuqori texnologiyalarga ishtiyoqi bilan ma’lum bo‘lgan, sport kiyimi va anjomlari ishlab chiqaruvchi Adidas Group kompaniyasi 2009 yilda tashkil etilgan, Avstriyaning fitnes uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Runtastic kompaniyasini sotib olganini ma’lum qildi.
Runtastic jismoniy faollikning tezlik, vaqt, sarflangan kaloriyalar va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlari hisobini yurituvchi texnologiyalarga ega. Bunday dasturlar faol turmush tarzini yurituvchi kishilar, misol uchun, yuguruvchilar va velosipedchilar orasida juda ommalashgan. Aynan shunday toifadagi odamlar Adidas uchun muhim mijozlar hisoblanadi.
Hozirda Runtastic ishlab chiqargan 20 dan ko‘proq turli dasturlar 140 mln martadan ko‘prok marta yuklanib olingan. Dasturlar barcha mobil operasion tizimlar (iOS, Android, Windows Phone BlackBerry) uchun 18 tilda ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, kompaniya o‘zining shaxsiy fitnes-bilakuzuklar va boshqa sport usunalari model qatoriga ega. Runtastic’ning eng yirik aksioneri Axel Springer mediakonserni hisoblanib, u kompaniyaning 50,1 foiz ulushiga ega.
Runtastic aksiyalarini xarid qilish Adidas’ga «odamlar hayotini sport orqali o‘zgartirishga» qaratilgan o‘zining «Yangilik yaratib» konsepsiyasini rivorjlantirishga imkon beradi. Kelishuv 220 mln evroni tashkil qildi va Runtastic Adidas Group’ning bo‘linmalaridan biri sifatida o‘zining yaxlitligini saqlab qoladi. Natijada oddiy foydalanuvchilar kompaniya egasi o‘zgarganini hattoki sezmaydilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing