date

Beeline Yangi Zelandiyada CAMEL-roumingni ishga tushirdi

Beeline Yangi Zelandiyada CAMEL-roumingni ishga tushirdi

Beeline Yangi Zelandiyada rouming geografiyasi kengaygani haqida xabar beradi. Vodafone kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma natijasida Beeline abonentlari CAMEL-rouming xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida echib olinadi. CAMEL -rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar - jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline Yangi Zelandiyada CAMEL-roumingni ishga tushirdi