10:02 / 17.07.2017
4 355

Samsung kinoteatrlar uchun dunyodagi ilk LED-displeyni taqdim etmoqda

Samsung kinoteatrlar uchun dunyodagi ilk LED-displeyni taqdim etmoqda
Samsung Electronics kompaniyasi Koreyadagi Lotte Cinema World Tower kinomarkazida ilk tijoriy LED-ekranini o‘rnatgan. BU haqda «hifinews.ru»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Yuqori dinamik dapazoni (HDR) ga ega Samsung Cinema Screen displeyi tasvirlashning yuqori sifati va haqqoniy ovoz bilan birgalikda juda tiniq va yorqin tasvirga ega. Uning ovoz moslamalarini yasashda Samsung HARMAN Professional Solutions audio laboratoriyasi bilan hamkorlik qilgan.

"Yuqori sifatli tasvir, realistik rang uzatish va tovush hamda ovozning ajoyib uyg‘unligi, shuningdek, takomillashgan tavsir qobiliyati tufayli Cinema Screen LED-displeyi tomoshabinlarga o‘zizni filmning bir qismi sifatida his qilishiga sharoit yaratadi, — dedi Samsung Electronics’ning vizual displeylar bo‘inmasi rahbari Es Kim. — Bu bu texnologiyani tomoshabinlarga taqdim etayotgan Lotte Cinema bilan hamkorlikdan xursandmiz va kelajak kinoteatrlarini yaratishda birgalikdagi yo‘limizni davom ettirishni intizorlik bilan kutmoqdamiz".

10,3 metrdan ham ziyodroq diagonalga ega bo‘lgan Samsung Cinema Screen LED-ekrani kinoekran funksiyasini bajaradi va samaradorlik,ishonchlilik va yuqori sifatni taqdim etadi. Direct-lit funksiyasiga ega Cinema Screen yorug‘lik diodli texgologiyasi kinoteatrlarni yuqori dinamik diapazon (HDR) bilan ta’minlab, kontentni standart kinoprektorlarnikidan 10 barobar ziyodroq bo‘lgan darajada, tasvirning yaxlitligi, optiq nuqsonlarsiz maksimal yorqinlik bilan tasvirlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kinoteatrlar uchun dunyodagi ilk LED-displeyni taqdim etmoqda