17:59 / 19.07.2017
5 723

“O‘zbektelekom” metropolitenda internet va telefon xizmatini yo‘lga qo‘yadi

“O‘zbektelekom” metropolitenda internet va telefon xizmatini yo‘lga qo‘yadi
“O‘zbektelekom” AK metropolitenda internet tarmog‘i va telefon xizmatidan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Ayni damda mazkur masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqida "O‘zbektelekom" AK tomonidan OAV uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

"Bizga ma’lumki, metropoliten strategik ob’ektlar toifasiga kiradi. Ayni damda metropolitenda internet hamda telefon tarmog‘i qamrovini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirda bu loyihaning investision, moliyaviy hamda texnologik masalalari boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilmoqda", deya ta’kidladi "O‘zbektelekom" AK tijorat direktori Evgeniy Vishnevskiy.

Biroq metropolitenda internet qachon paydo bo‘lishi noma’lumligicha qoldi. Bu borada "O‘zbektelekom" AK bosh direktori Shuhrat Qodirov o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

"Mazkur loyihani amalga oshirish uchun tegishli idora vakillari bilan qator kelishuvlar, muzokaralar olib borish zarur. Biz hozirda aynan shu bosqichdamiz. O‘zaro kelishuvlar va bitimlar tuzilib, aniq muddat belgilangach, biz albatta, bu haqda OAV orqali e’lon qilamiz", dedi Shuhrat Qodirov.

Ma’lumot o‘rnida: "O‘zbektelekom" AK - o‘z tarmog‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olgan yirik telekommunikasiyalar operatoridir. Kompaniya o‘z xizmatlarini ayni damda UZTELESOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™, TELECOM TV™ va UZ CLOUD™ savdo belgilari ostida taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “O‘zbektelekom” metropolitenda internet va telefon xizmatini yo‘lga qo‘yadi