«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ining hamda Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov ushbu ilovani butkul cheklab qo‘ygan Indoneziya hukumati bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan. Bu haqda u Telegram’dagi o‘zining kanalida post e’lon qilgan, deb yozadi Terabayt sayti.
«Gap shundaki, vazirlik xodimlari yaqinda mazmuni terrorchilikka aloqador bo‘lgan kanallar ro‘yxatini elektron pochta orqali bizga yuborishgan, bizning jamoamiz esa ularni tezda ko‘rib chiqa olmagan. Afsuski, men bu iltimoslardan bexabar qolganman, bu esa vazirlik tomonidan anglashilmoqchilikni keltirib chiqargan», – deb yozadi Durov o‘z kanalida.
Telegram asoschisining xabar berishicha, vaziyatni to‘g‘rilash uchun bir nechta choralar qabul qilingan. Birinchidan, Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan ma’lum qilingan – terrorchilikka aloqador bo‘lgan barcha ommaviy kanallar yopilgan. Ikkinchidan, Durov to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanalini o‘rnatish uchun mazkur vazirlikka xat yuborgan; bu esa kelajakda ham terrorchilik targ‘ibotini aniqlash hamda to‘siq qo‘yish ustida samarali ishlashga imkon beradi. Uchinchidan, Telegram’da inodoneziyaliklar tilini biladigan va mamlakat madaniyati bilan tanish bo‘lgan moderatorlardan iborat maxsus jamoa tuziladi; bu esa terrorchilikka aloqador kontent haqidagi ma’lumotlarni tezda ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi.
«Telegram kuchli shifrlangan va maxfiylikka yo‘naltirilgan, lekin biz terrorchilarga do‘st emasmiz, – deb yozadi Durov. – Biz har oyda IShIDga aloqador bo‘lgan minglab ommaviy kanallarni bloklab va bu ishning natijalarini @isiswatch kanalida e’lon qilib kelmoqdamiz. Biz hamisha terrorchilik targ‘ibotining oldini olishda yanada samaraliroq ishlashga intilamiz va vaziyatni yaxshilash borasidagi g‘oyalarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz».
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya hukumati 14 iyul kuni mamlakatda Telegram messenjeri faoliyatini bloklab qo‘ygan edi. Pavel Durov esa avvalroq o‘zining kanalida Telegram ovozli qo‘ng‘iroqlarining himoyalanganligi ta’kidlab, asosiy raqobatchi messenjer – WhatsApp’ni, shuningdek Facebook va boshqa ayrim saytlarni o‘z foydalanuvchilarining ma’lumotlarini sotayotganlikda ayblagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi