Kechagina HMD Global insayderi bo‘lgan manba kompaniyaning navbatdagi flagmani xususiyatlarini oshkor etdi. Unga ko‘ra, Nokia 8 modeliga Snapdragon 835 chipi o‘rnatilgan, deb yozadi Terabayt sayti.
Nokia flagmani 4 gigabaytlik tezkor va 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘ladi. Uning relizi shu oyning oxiridayoq bo‘lib o‘tadi. Kecha tunda mobil aloqalar rivojlanishi bo‘yicha taniqli tahlilchi hisoblangan Evan Blass mazkur gadjetning renderini e’lon qilgan.
9to5Google resursi vakillarining xabar berishlaricha, bu suratni ularga @Evleaks taqdim etgan. Avvaliga u smartfonning Zeiss optikasiga ega qo‘shaloq kamerasi rasmini, keyin esa butunicha telefon renderining tasvirini chop etgan.
Smartfon to‘q ko‘k rangli korpusga ega. Uning ekrani yon tomonlari qayrilma shaklda, old panelidagi mexanik tugmacha esa barmoq izi skaneri bo‘lib ham xizmat qiladi. Ovozni balandlatish/pastlatish hamda qurilmani o‘chirish/yoqish tugmachalari telefonning o‘ng yonida joylashgan, uning chap tomoni esa bo‘sh. Smartfon modeli HMD Global TA-1012 deb ataladi, u orqa panelda yozib ham qo‘yilgan.
Nokia 8’ning taqdim etilish sanasi hozircha aniq emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi