
Arto Nokia kompaniyasida katta tajribaga ega edi. U bu erda 1994 yilda faoliyatini boshlab, mahsulotlar yaratish, biznesni boshqarish, savdo va marketing ishlari bilan shug‘ullangan. U Microsoft Devices kompaniyasining Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi sho‘’balarini boshqargan.
HMD Global kompaniyasi bosh ijrochi direktori sifatida Florian Zayxe tanishtirildi. U bungacha kompaniya prezidenti lavozimini egallab kelgan edi.

Florian Zayxe Nokia jamoasiga 2013 yilda kelib qo‘shilgan. U kompaniyaning Evropadagi bo‘limida savdo va boshqaruv bosh menejeri sifatida ish boshlagan. Florian Zayxe bundan avval HTC kompaniyasining Evropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi
Savdolar bo‘yicha prezidenti lavozimini egallagan.
HMD Global kompaniyasi Nokia smartfonlari va telefonlarini ishlab chiqaradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar