11:22 / 22.07.2017
5 466

iPhone 9 uchun akkumulyatorlarni LG Chemical etkazib beradi

iPhone 9 uchun akkumulyatorlarni LG Chemical etkazib beradi
Hali iPhone 8 namoyish etilmasdan (hatto taqdimot sanasi ham aniq bo‘lmasdan) turib, internetdagi manbalar allaqachon iPhone 9 haqida ma’lumotlar tarqata boshlashdi. The Korea Economic Daily nashriga tayanib Terbayt.uz'ning yozishicha, Apple o‘zining bu smartfoni uchun akkumulyatorlar etkazib berish bo‘yicha LG Chemical bilan eksklyuziv bitim tuzgan.

Odatda Apple o‘z qurilmalarining butlovchi qismlarini etkazib berishlari uchun bir nechta ishlab chiqaruvchilar orasidan tanlab olib hamkorlik qiladi. Ammo, CNBC kanali bergan ma’lumotlarga qaraganda, iPhone 9 uchun batareyalarni etkazib berish huquqini qo‘lga kiritish uchun ishlab chiqarish jarayoniga o‘n million dollarlab sarmoya kiritgan.

iPhone 9 modelining akkumulyatori L harfi shaklida bo‘lishi, uning sig‘imi esa 4000 mA/soatgacha kengaytirilishi aytilmoqda. Bu ma’lumot hozircha tasdiqlanmagan, ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, batareykalar borasida Apple va LG’ning o‘zaro hamkorlik qilishi baribir qiziq. Ushbu akkumulyatorlarning ommaviy ishlab chiqarilishi keyingi yilga mo‘ljallangan.

Darvoqe, undan oldingi avlod smartfonlari – iPhone 8 uchun akkumulyatorlarni kim ishlab chiqarishi hozircha ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 9 uchun akkumulyatorlarni LG Chemical etkazib beradi