Pavel Durov «VKontakte»ning data-sentrini Mail.ru’ga milliard rubl evaziga sotdi

Mail.ru kompaniyasi «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i foydalangan data-sentrni 919 million rublga sotib oldi. Bu haqda Mail.ru Group’ning 2015 yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lumot berilgan, deb yozadi Daryo nashri.
Data-sentr 2015 yil may oyida, ijtimoiy tarmoqning chet xosting servislardan mustaqilligini oshirish maqsadida, naqd pul evaziga ICVA kompaniyasidan sotib olingan. Bundan tashqari, «Selektel» kompaniyasi quvvatlaridan ham foydalanilmoqda.
Mail.ru’ning ICVA kompaniyasidan data-sentr sotib olgani haqidagi axborotni 2015 yil iyuni boshida «VKontakte» matbuot kotibi Georgiy Lobushkin ham tasdiqlagan edi. Bungacha bu data-sentr «VKontakte» asoschisi Pavel Durovga tegishli edi.
Biroq o‘shanda xarid qiymati oshkor etilmagandi, mustaqil ekspertlar data-sentr taxminan 500 million rublga sotilgani haqida fikr bildirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing