«Xitoycha Apple» deya ta’riflanuvchi bu kompaniya bugun o‘rta narx doirasidagi Mi 5X qurilmasini namoyish qildi. Bu xususda GSMArena.com nashriga tayanib Terabayt.uz sayti xabar bermoqda.
Mi 5X korpusi metalldan bo‘lib, uch xil: kul rang, tillarang va pushti ranglarda taqdim etilmoqda. Smartfonning orqa panelida daktiloskopik skaner joylashgan.
Mazkur gadjetning qo‘shaloq ob’ektivli kamerasi xuddi Mi 6 flagmanidagi kabi ishlaydi. Undagi ikkinchi modul tasvirni kattalashtirish hamda orqa fonni xiralashtirgan holda portret-suratlar olish uchun qo‘llanadi.
Xiaomi ushbu mahsulotiga 1 499 yuan (taxminan 220 AQSh dollari yoki 190 evro) narx belgilagan. Avval xabar berganimizdek, ishlab chiqaruvchi saytida allaqachon unga 200 mingdan oshiq oldindan buyurtma tushgan.
Mi 5X smartfonining xususiyatlari:
Displey: 5,5 dyuymlik.
Ekran sig‘imi: 1920×1080 pikselli.
Prosessor: Snapdragon 625.
Kamera: qo‘shaloq, 12 + 12 Mp.
Xotira: 4 GB tezkor va 64 GB ichki.
Akkumulyator: 3080 mA/soat.
Operasion tizim: MIUI 9 qobig‘idagi Android 7 Nougat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi