Samsung sof daromadi 2017 yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra 9,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Bu ko‘rsatkich kompaniya uchun rekordga aylandi, deya ta’kidlamoqda The Wall Street Journal gazetasi. 2016 yil bilan taqqoslaganda, Samsung sof daromadi 89 foizga oshdi.
Ikkinchi chorakda olingan umumiy daromad 54,6 mlrd dollarni tashkil etdi, bu esa 2016 yilning shu davriga nisbatan 19,7 foizga ko‘p.
Samsung’ning tushuntirishicha, bunday natijalarga DRAM hamda NAND xotira chiplari muvaffaqiyatli sotilgani sabab erishilgan. Ulardan ma’lumotlarni serverlar hamda mobil qurilmalarda saqlash va qayta ishlashda foydalaniladi.
The Washington Post nashrining taxminicha, Samsung chorak daromad natijalari bo‘yicha ilk bor Apple hamda Intel’ni ortda qoldirishi mumkin. Bundan tashqari, Janubiy Koreya kompaniyasi yil yakunlariga ko‘ra o‘zining rekord ko‘rsatkichini yangilashga ham yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi