Amerikalik YouTube-bloger Markus Braunli professional kinokameralar ishlab chiqaruvchi RED kompaniyasining Hydrogen smartfonining ilk prototiplarini namoyish qildi. Uning aytishicha, qurilma alohida ovoz balandligi tugmalariga ega va elektr ta’minot tugmasiga barmoq izlari sensori o‘rnatilgan qovurg‘ali korpus oladi.
Braunli shuningdek smartfon uning pastki qismidagi maxsus konnektorga ulanadigan aksessuarlar, misol uchun fotoob’ektivlar uchun mahkamlagich qo‘llanganda smartfon qanday ko‘rinishini namoyish qildi. Qurilma yaratuvchilarining tushuntirishlaricha, ular bunday echimda kichik o‘lchamli videosurat kelajagini ko‘rmoqdalar.
RED Hydrogen’ning yana bir xususiyati “4 o‘lchamli” golografik ekrani hisoblanadi. Blogerga displey ishlashini ko‘rsatish taqiqlandi, biroq uning aytishicha, olingan tasvir “aql ozdirgudek, chuqur va 3D ga o‘xshash” bo‘lgan.
RED Hydrogen anonsi 7 iyulda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda qurilma Android operasion tizimi negizida ishlashi, 5,7 dyuym diagonalli vodorod ekran olishi va RED kameralari bilan moslashgan bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.
Buyurtma bo‘yicha qurilmaning narxi 1,1 ming dollarni yoki korpus materialiga (alyuminiy yoki titan) bog‘liq holda 1,5 ming dollarni tashkil qiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»