Apple kompaniyasining sobiq rahbari yangi smartfonlarni taqdim etdi

1983-1993 yillarda Apple kompaniyasini boshqargan Jon Skalli egalaridan biri bo‘lgan Obi Worldphone kompaniyasi yangi SF1 Android-smartfoni sotuvga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.
5.0.2 Android o‘rnatiladigan Obi Worldphone SF1 1920x1080 pikselli, 5-dyuymli displey, 3 GB operativ xotira, 32 GB flesh-to‘plovchi, 13 Mp asosiy kameraga ega.
Asosan rivojlanayotgan mamlakatlar bozori uchun mo‘ljallangan yangi smartfonlarning asosiy jihatlaridan biri narxi baland emasligidadir. Qurilma shu yil oktyabrida 199 dan 249 dollargacha narx bilan sotuvda paydo bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing