11:11 / 08.08.2017
4 989

Samsung Galaxy S8 Active smartfonini taqdim qildi

Samsung Galaxy S8 Active smartfonini taqdim qildi
Galaxy S8, garchi o‘ta nozik va mo‘rt smartfon deyilgan bo‘lsa ham, u o‘zigacha savdoga chiqarilgan flagmanlarga qaraganda 15 foizga yaxshiroq sotilmoqda. Bundan ilhomlangan Samsung kompaniyasi 7 avgust kuni Qo‘shma Shtatlarda gadjetning maxsus varianti Galaxy S8 Active flagmanini taqdim qildi, deb yozmoqda «Terabayt» sayti. Bu Galaxy S8 smartfonining pishiq-puxta talqinidir. Undan tabiat qo‘ynida qo‘rqmasdan foydalansa bo‘ladi.

Samsung Galaxy S8 Actives "jangovar" smartfon bo‘lib, uning himoya qatlami harbiy sanoatda foydalaniladigan materiallardan ishlab chiqarilgan. Jumladan, maxsus korpus pishiq polikarbonatdan tayyorlangan, uning yon qismi qalin metall bilan o‘rab olingan. Smartfon tushib ketgan taqdirda ham, uning jiddiy zararlanish ehtimoli juda past. Misol uchun, korpusga osonlikcha darz ketmaydi. U smartfonga suv va chang o‘tkazmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Galaxy S8 Active devaysi MIL-STD-810G me’yorlari asosida harbiy talablarga javob beradi. Xususan, u 1,5 metr yuqoridan tushib ketganda ham "omon" qoladi. Metall korpusni qoplab olgan plastik bamper zarb ta’sirini qaytaradi.

Samsung Galaxy S8 Active'da Infinity Display tamoyili g‘oyib bo‘lgan va smartfon ko‘rinishidan LG G6'ni eslatadi. Shunday bo‘lsa ham, ekran tomonlarining nisbati 18:9:5 ga teng. Shuningdek, displey deyarli romdan xoli.

Flagmandagi Bixby yordamchi tizimi tugmasi orqali bosh ekranni tezkor ochish, sekundomer, barometr, kompas va fonarikni tezkor ishga tushirish mumkin.

Shu bilan birga, Galaxy S8 Active uzoqqa etadigan 4,000 mA soat elektr tokini sig‘dira oladigan "quvvat toshi"ga ega. Ya’ni, uning quvvati S8'dan 1000 va S8+ batareyasidan 500 mA soat ko‘p. Shuningdek, smartfonni tezkor va simsiz quvvatlash mumkin.

Samsung Galaxy S8 Active jihatlari:

Displey: 5.8 dyuymli, WQHD (2960 x 1440 pikselli) sig‘imli, Super AMOLED matrisali, Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan ekran;

Prosessor: 2.3 Ggs, 64 bitli, 8 yadroli Exynos 8895;

Video-karta: Mali G71;

Tezkor xotira: 4 Gb;

Doimiy xotira: 64 Gb, micro SD bo‘lmasi (256 GB) mavjud;

Bosh kamera: 12 Mp (f/1.7): Dual Pixel, optik barqarorlashtirish, LED-fotochaqnog‘i;

Selfi-kamera: 8 Mp (f/1.7): keng burchakli surat oladi, ekran chirog‘i.

Samsung Galaxy S8 Active hozircha AQShning AT&T mobil aloqa operatori tomonidan sotuvga chiqariladi. Uni xarid qilish $850 dollarga tushadi. Uning erkin savdoga qachondan chiqarilishi ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S8 Active smartfonini taqdim qildi