AQShning Intel korporasiyasi AQSh, Evropa va Isroilda 100 ta o‘zi boshqariluvchi avtomobilni sinovdan o‘tkazish rejasini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan, deb yozadi Kun nashri.
"Real dunyo sharoitlarida mashinalar qurish va ularni sinash darhol unum beradi va to‘liq avtonom avtomobillar uchun zarur texnologiyalar va echimlarni rivojlantirishni tezlashtiradi", deb aytgan yaqinda korporasiyaning katta vise-prezidenti lavozimini egallaydigan Amnon Shashua.
Loyiha Isroilning raqamli tizimlar, jumladan kompyuter yordamida ko‘rish tizimini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Mobileye bilan birgalikda amalga oshiriladi. Sinaladigan 100 ta avtomobil ichida "turli marka va turdagi" avtomobillar bo‘ladi.
Hozirda bir qator avtokompaniyalar o‘zi boshqariluvchi avtomobillar yaratish ustida ish olib borishmoqda. Avvalroq Intel BMW kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgani ma’lum qilingandi. Yanvarda BMW vakillari kompaniya sinovlar uchun 40 avtomobilni taqdim qilishini aytishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi