O‘zbekistonda internet muammolarini hal qilishga yana bir oy kerak bo‘ladi

“O‘zbektelekom” AK matbuot xizmati mamlakatdagi internet muammolarini hal qilishga yana bir oy kerak bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
Bunday muammolarning kelib chiqishiga sabab sifatida “O‘zbektelekom” sheriklarining tarmoqlarida profilaktika ishlarining olib borilishi ko‘rsatilmoqda.
“Shu tufayli 2.09.2015dan 1.10.2015gacha internet xizmatini ko‘rsatish sifatining buzilishi kuzatilishi mumkin”, - deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda internet sifati bilan bog‘liq muammolar bir oy muqaddam boshlangan edi. Xususan, ko‘plab mashhur messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va xizmatlar cheklangan rejimda ishlayotgani foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing