01:32 / 13.08.2017
13 822

Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi

Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi
Bir necha oy ilgari inqirozga yuz tutib, faoliyatiga yakun yasagan Buyuk Britaniyaning Vertu kompaniyasi shu kunlarda telefonlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda. Bu brend hashamdor va ziynatlangan qimmat telefonlari bilan nom qozongan.

Vertu ishlab chiqargan telefonlarni ko‘pchilik tutmagan. Boisi, ularning eng arzoni ham bir necha ming dollarga tushgan. Misol uchun, Vertu Signiature Touch tutish istagida bo‘lgan boyvachcha buning uchun roppa-rosa $10,000 dollarni bahridan o‘tishi kerak bo‘lgan.

Eng qizig‘i, 2014 yilda Vertu "hamyonbop" turkumni sotuvga chiqargan edi. Bu turkumga kiruvchi Vertu Aster $6,000 dollardan sotilgan. To‘g‘ri, bugungi smartfonlar bilan solishtirib ko‘rganda, o‘z davrida funksional jihatdan imkoniyati cheklangan bu telefonlar kimlar uchundir maqtanchoqlik yoki nufuz vositasi bo‘lgan. Biroq, bugun odamlarga haqiqiy texnologiya kerak. Tilla va kumush esa o‘z yo‘liga.

Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan Signature turkumidagi telefonlardan birini bezash uchun 18 karat oltin sarflangan hamda timsoh terisi tortilgan. U bir vaqtlar $19,000 dollardan sotilgan. Hozir esa uning auksiondagi boshlang‘ich bahosi $1,500 dollar.

Shuningdek, Vertu faoliyatini boshlaganidan tortib, shu kungacha ishlab chiqargan mahsulotlari o‘rin olgan telefonlar muzeyini ham sotuvga qo‘ymoqda. Bu jamlanmadan 105 ta dong‘i ketgan telefon modellari o‘rin olgan. Ulardan ba’zilari namuna, ba’zilari ishlab chiqarilgan modellar. Bu to‘plamning boshlang‘ich bahosi $26,000 dollar.

Auksionda, shuningdek buqa ustida Vertu logotipini ko‘tarib turgan odamning bronza haykali ham sotuvga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich bahosi $1,000 dollar.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi