01:45 / 13.08.2017
8 753

Sentyabrda Nokia 3310'ning yangi talqini sotuvga chiqadi

Sentyabrda Nokia 3310'ning yangi talqini sotuvga chiqadi
HMD Global kompaniyasi shu kunlarda Nokia 8 flagmanini taqdim qilishga kirishib ketishgan. Shu bilan birga, kompaniya yangilangan Nokia 3310 telefonini ham tashlab qo‘ymagan.

2G aloqa tarmog‘ida ishlaydigan Nokia 3310 joriy yilning may oyidan xalqaro smartfon bozoriga 49 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Irlandiyaning Three Ireland mobil aloqa operatori o‘zining Twitter-akkauntida ma’lum qilishicha, sentyabr oyida Nokia 3310 telefonining 3G tarmog‘ida ishlaydigan talqini sotuvga chiqariladi. Xabar qilinishicha, bu talqin avvalgisidan bir oz qimmatroq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Nokia 3310'da 2,4 dyuymli rangli displey mavjud. Uning piksel sig‘imi QVGA (320x240)’ga teng. Telefon apparati microSD xotirani kengaytirish fleshkasiga mo‘ljallangan bo‘lmachaga ham ega. Qolaversa, MP3-pleer orqali musiqa ham tinglash mumkin. To‘liq yangicha dizaynga ega telefon old panelida moddiy tugmalar qoldirilgan.

Nokia 3310 2 megapikselli kameraga ega. Bu kamera LED fotochaqnoq bilan ham ta’min qilingan. Qurilma batareykasining sig‘imi 1 200 mA soat. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, uni to‘liq quvvatlab, 22 soat suhbat qurish, 39 soat radio tinglash, «kutish» rejimida 21 kun foydalanish mumkin. Telefon apparatining og‘irligi 85 gramm.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sentyabrda Nokia 3310'ning yangi talqini sotuvga chiqadi