Android-smartfonlarning displey atrofidagi romlari qisqarishda davom etmoqda. Bora-bora to‘liq shishali smarftonlar davri boshlanadi, shekilli. Ilk romsiz flagman ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Xiaomi ham o‘zining ramkadan xoli smartfon modellari qatorini to‘ldirish bilan band.
Shu bilan birga, kompaniya nisbatan arzon smartfonlariga ham so‘nggi dizayn echimini tatbiq qilmoqda. Jumladan, yangi Redmi Pro 2 smartfoni ham ko‘rinishidan Mi MIX 2'ga o‘xshash bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, gadjet yaqinda taqdim qilingan Sharp Aquos S2 smartfonini eslatib yuboradi. Faqat Redmi Pro'da barmoq skaneri orqa paneldan o‘rin oladi.
Xiaomi Redmi Pro 2 smartfonida 6 dyuymli FullHD displey, 16 megapikselli old kamera, 2 ta 12 megapikselli modullardan iborat bosh kamera (Sony IMX362), sig‘imi 4100 mA soatli akkumulyator, yangi Snapdragon 660 platformasi o‘rnatiladi.
Xiaomi Redmi Pro 2 ikki talqinda -- 4/64 Gb va 6/128 Gb xotira talqinlarida ishlab chiqariladi. Uning boshlang‘ich talqini $254, yuqori talqini (6/128 Gb) $300 dollardan sotuvga chiqariladi. Uning taqdimoti 26 iyulda kutilmoqda.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi