02:17 / 18.08.2017
10 842

Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi

Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi
Apple iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus 2017 yilning 2-choragida jahon miqyosida eng yaxshi sotilgan smartfon modellari orasida etakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu chorakda ikkala iPhone modeli savdosining sur’ati avvalgi chorakda etakchi bo‘lgan Samsung Galaxy S8 flagmanini 3-o‘ringa tushirib qo‘ydi.

Bu to‘g‘rida taniqli marketing tadqiqotlari kompaniyasi Strategy Analytics xabar tarqatmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 yilda Apple 16,9 mln dona iPhone 7 hamda 15,1 mln dona iPhone 7 Plus sotishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada, Tim Kuk so‘nggi ayfonlarini eng yaxshi sotilgan gadjetlar qatoriga qo‘sha oldi. Apple bosh raqibi — koreyalik Samsung kompaniyasi esa hisobot davrida 10,2 mln dona Galaxy S8 smartfonidan sotishga erishgan.

Beshlikdan, shuningdek Samsung Galaxy S8+ va Xiaomi Red 4A smartfonlari o‘rin olgan. Ular 9 mln hamda 5,5 mln dona sotilgan.

Joriy yilning 2-choragida jahon miqyosida jami 360,4 mln dona mobil aloqa vositasi sotilgan. 2016 yilning shu davrida ishlab chiqaruvchilar 341,5 mln dona smartfon sotgan edilar.

2016 yilning sentyabrida taqdim qilingan iPhone 7 Plus 5.5 dyuymli, iPhone 7 esa 4.7 dyuymli Full HD ekranga ega bo‘lgan. iPhone 7 gadjeti 2 gigabaytli, iPhone 7 Plus 3 gigabaytli tezkor xotiraga ega.

Yuqori talqin bosh kamerasiga qo‘sh sensor tanlangan. Shuningdek, Apple kompaniyasi iPhone 7 va 7 Plus flagmanlarini 3.5 mm.li an’anaviy audio-tuynukdan mahrum qilgan. iPhone 7 va iPhone 7 Plus'da yangi, A10 Fusion chipi o‘rnatilgan.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi