Samsung Galaxy Note 8 gadjetlarning apparat ta’minot salohiyatini baholaydigan GFXBench benchmarkidan sinovdan o‘tkazildi. Bungacha esa fablet prosessorining imkoniyatlari AnTuTu resursida sinab ko‘rilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Galaxy Note 8 ham avvalgi flagman kabi 8 yadroli Snapdragon 835 va Adreno 540 video-kartasi bilan ta’minlangan. Bu talqin AQShda sotiladi. Sayyoramizning qolgan qismida sotiladigan Galaxy Note 8'da Exynos 8995 chipi va Mali-G71 video-kartasi o‘rnatilgan bo‘ladi. Taqqoslaganda har ikkala platforma imkoniyatlari deyarli bir xil.
AnTuTu benchmarkida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 8 piksel sig‘imi 1080 x 2220 belgiga teng bo‘lgan ekran bilan ta’minlanadi. Ya’ni, FHD+ sig‘imli. Foydalanuvchi uni 1440 x 2960 (QHD+) sig‘imiga aylantirishi mumkin.
Note 8 6.3 dyuymli Super AMOLED matrisali ekranga ega bo‘ladi.
Devaysda 6 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. GFXBench benchmarki esa smartfon bosh kamerasi qo‘sh kamerali ekanini rad etmoqda. AnTuTu resursiga ko‘ra, Galaxy Note 8 12 megapikselli bosh va 8 megapikselli old kameralarga ega bo‘ladi. Smartfon Android 7.1.1 tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.
Eng qizig‘i shundaki, Galaxy Note 8 AnTuTu imtihonlarida 179,000 ball to‘plagan. Bu -- orqaga chekinish. Boisi, bahorda taqdim qilingan Samsung Galaxy S8 bu sinovda 205,000 ball olib, iPhone 7 Plus kabi jahon etakchisini orqada qoldirgan edi.
Apple ham yaqinlashib kelayotgan sentyabrda ma’lumotni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan chip o‘rnatilgan iPhone 8 va iPhone 7s'ni taqdim qilish rejasida. Ekspertlarning fikricha. bu chipga ega smartfon platformasi samaradorlik bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatishga qodir bo‘ladi.
Samsung Galaxy Note 8 taqdimoti 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi va smartfon keyingi kuni sotuvga chiqariladi.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi