Tadqiqotlar olib boruvchi Strategy Analytics kompaniyasi 2017 yilning 2-choragida eng xaridorgir smartfonlar reytingini chop etdi. Bu ro‘yxatda 1- va 2-o‘rinlarni Apple’ning yangi flagman smartfonlari – iPhone 7 va iPhone 7 Plus egalladi.
Kompaniya mutaxassislarining baholashicha, aprel, may va iyun oylarida Apple deyarli 17 mln dona iPhone 7 va 15 mln donadan ko‘proq iPhone 7 Plus sotgan.
Hammasi bo‘lib Apple 2-chorakda iPhone’ning turli modellaridan 41 mln dona sotgan.
3- va 4-o‘rinlar Apple’ning asosiy raqibi Samsung’ning Galaxy S8 va S8+ smartfonlariga tekkan. Bu smartfonlardan mos ravishda 10,2 va 9 mln donadan sotilgan.
5-o‘rinni Xitoyda ishlab chiqariladigan hamyonbop Xiaomi Redmi 4A egalladi, bu smartfondan 5,5 mln dona sotilgan.
Samsung Galaxy S8 smartfoni bukilgan ekrani, a’lo darajadagi dasturiy ta’minoti va yaxshi savdo tarmog‘i sababli bir zumda Android’da ishlovchi eng ommaviy smartfonga aylangan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar