
Buni “YouTube” kanal mualliflaridan biri o‘ylab topdi. U tomoshabinlarga “Ayfon” smartfonlarida mavjud brutors himoya pin-kodlarini buzib kirish usulini namoyish etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Ayfon”da shunday himoya vositasi mavjud ekanki, u bir necha marotaba noto‘g‘ri pin-kod terish imkoniyatini bermas ekan. Shunday qilinganda, avtomat tarzda harakat to‘xtatilarkan. Xaker esa gadjetni qayta tiklanish rejimiga qo‘ydi. Shunda himoya faoliyati to‘xtab, odam istagancha noto‘g‘ri pin-kodni terishi mumkin bo‘ldi.
Shubhasiz, to‘rt raqam yo harfdan iborat pin-kodni istagancha terish baribir natijada smartfonni buzib kirish uchun imkon yaratadi. Siz harakatlaringiz tufayli barabir to‘g‘ri pin-kodni topasiz. Buning uchun 20 soatdan kamroq vaqt zarur bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib Xitoyda mutaxassislar shunday uskuna yaratishdiki, u avtomat tarzda parol terib oxir oqibat “Ayfon” smartfonini buzib kirish uchun yo‘l ochib beradi. Uskunani birdan uch-to‘rt gadjetga ulasa bo‘ladi. To‘g‘ri pin-kodni tekshirib olish uchun esa atigi 15 soniya vaqt ketadi. Mazkur uskuna do‘konlarda 500 dollarga sotilmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar