20:10 / 23.08.2017
7 053

Mi 5X'ga qarshi, 160 dollarlik "kuchli suratkash" Meizu M6 Note taqdim qilindi

Mi 5X'ga qarshi, 160 dollarlik "kuchli suratkash" Meizu M6 Note taqdim qilindi
Xitoyda Meizu M6 Note yaxshi jihatlarga ega va nisbatan arzon smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu mobil aloqa vositasi Meizu kompaniyasining Snapdragon prosessoriga ega ilk smartfonidir. Metall korpusli Meizu M6 Note. shuningdek qo‘sh sensorli, flagmanlar darajasida surat oladigan bosh kamera bilan ham ta’minlangan.

Imkoniyat va platforma jihatlari

Meizu M6 Note fableti 5.5 dyuymli, Full HD sig‘imli displeyga, 8 yadroli va 2 GGs chastota tezligida ishlaydigan Snapdragon 625 prosessoriga ega bo‘lgan. Shuningdek, smartfonga Adreno 506 video-kartasi o‘rnatilgan. Ma’lum qilinishicha, smartfon platformasi avvalgi avlod fabletlarining platformasidan 71% samaraliroq ishlaydi.

Meizu M6 Note talqiniga ko‘ra 3 yoki 4 GB tezkor xotira, kengaytirish mumkin bo‘lgan 16, 32 yoki 64 GB doimiy ichki xotiraga ega bo‘lgan. Smartfon 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi va 4G LTE Cat.7 tarmog‘ida ishlaydi.

Meizu M6 Note orqa panelidagi qo‘sh sensorlardan birining piksel sig‘imi 12 megapiksel (Sony IMX362), piksel hajmi 1.4 mkm, yorug‘lik linzasining hajmi f/1.9. Yordamchi sensor uchun 5 megapikselli modul tanlangan. Bosh kamerada Dual PD tezkor avtofokus joriy qilingan. Bu funksiya surat fokusini 0.03 sekund ichida belgilay oladi.

Bugungi trendda kelib chiqib, bosh kamerada tatbiq qilingan "portret" rejimida surat fonini g‘ira-shira qilib tasvirga olish mumkin. Yana bir muhim jihati -- smartfondagi LED-fotochaqnog‘i 4 elementli. Shuningdek, selfi-kamera uchun 16 megapikselli kamera moduli tanlangan. Ishlab chiqaruvchining tantanali ravishda e’lon qilishicha, Meizu M6 Note surat olishda flagmanlar bilan bemalol bellasha oladi.

Meizu M6 Note'da olingan ilk suratlardan biri:

Smartfon akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 4000 mA soat. Unga 18 vattli mCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy qilingan. Barmoq izlari skaneri ekran ostidagi bosh tugmaga o‘rnatilgan.

Meizu M6 Note Android 7.1.2 Nougat'ning Flyme 6 talqinida ishlaydi. Smartfon Wi-Fi 5 GGs tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Qachon sotuvga chiqadi?

Meizu M6 Note sentyabrdan Xitoy bozoriga chiqariladi. Uning boshlang‘ich talqini (3/16 GB) $165, shuningdek 3/32 GB talqini $195, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega yuqori talqini $255 dollardan sotiladi. Smartfon bozorda Xiaomi Mi 5X hamda ZTE Nubia Z17 mini'ga qarshi kurashadi.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mi 5X'ga qarshi, 160 dollarlik "kuchli suratkash" Meizu M6 Note taqdim qilindi