BLUBOO S8 yangi romsiz smartfon bo‘lib, korpus tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9 ni tashkil etadi. Bu devays 360 OS qobig‘idagi Android operasion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi taqdimot chog‘ida o‘ylab ham o‘tirmasdan o‘zining bu gadjetini Samsung Galaxy S8 bilan tenglashtirgan.
Buni asoslab berish uchun BLUBOO kompaniyasi yaqinda maxsus videorolik chiqardi. Unda mazkur qurilmaning beshta asosiy funksiyasi xususida hikoya qilinadi. Marhamat, o‘zingiz tomosha qiling:
Videolavha bizga BLUBOO S8’ning hamda unga o‘rnatilgan 360 OS tizimining eng muhim afzalliklarini batafsil va asoslab tasvirlab beradi. Quyida esa ular xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
1. Smartfon to‘liq ekranli rejim funksiyasi amal qiladi. Siz unda film, klip yo biror ko‘rsatuv tomosha qiladigan bo‘lsangiz, bu muhim funksiyadir. Umuman, BLUBOO S8 juda yupqa romga ega bo‘lgani uchun ham, unda to‘liq ekranli rejimda video tomosha qilish oddiy ekranlarga qaraganda kengroq, to‘laqonliroq chiqadi.
2. Bu devaysning yana bir imkoniyati – keraksiz ilovalarni «muzlatib» qo‘yish, ularning fon rejimida ishlab, qurilma resurslarini va batareya quvvatini sarflashlariga yo‘l qo‘ymaslik funksiyasidir. Buning ahamiyatini gapirib o‘tirish ham shartmas, o‘zingiz yaxshi bilasiz.
3. Shuningdek, BLUBOO S8 sizga uzun internet-sahifa yoki sayt skrinshotini olish imkonini ham taqdim etadi. Buning uchun ekran bo‘ylab uchta barmoq bilan yuqoridan pastga silash kifoya. Keyinchalik bemalol o‘qish maqsadida sahifani saqlab qo‘yish uchun judayam qulay funksiya.
4. Zamonaviy trendga mos tarzda, BLUBOO S8 modelini ko‘p oynalilik funksiyasi bilan ham ta’minlashgan. Ya’ni, devaysning displeyida siz bir vaqtning o‘zida ikkita ilovani ochib qo‘yib, parallel tarzda ikkalasida ham ishlay olasiz. Masalan, kerakli ta’limiy videolavhani tomosha qilib, yo‘l-yo‘lakay undan olinadigan muhim qaydlarni biror matn muharriri ilovasida yozib borishingiz mumkin.
5. Fayllarni almashishga imkon beruvchi FreeShare funksiyasi. Buning uchun tegishli dasturni ochib, uzatiladigan fayllarni belgilaysiz va ekranda QR-kod paydo bo‘ladi. Uni boshqa smartfonda skanerlab, fayllarni yuklab olaverasiz.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi