Apple kompaniyasi eronlik dasturchilarning barcha mobil ilovalarini App Store do‘konidan olib tashladi. Bu haqda «Assoshieyted Press» agentligiga tayanib «Terabayt» nashri xabar bermoqda.
Erondagi elektron tijorat bo‘yicha eng yirik Digikala kompaniyasi vakilining aytishicha, taxminan o‘n kuncha avval ilovalarning faoliyati to‘xtatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Digikala dasturi «Eronga nisbatan qo‘llangan yangi turdagi sanksiyalar» tufayli o‘chirilgan.
Apple’ning mazkur qaroriga javoban mazkur mamlakat aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Muhammad Javod Ozariy Jahromiy, kompaniya o‘zining Erondagi mijozlarini hurmat qilishi lozimligini bayon qilgan.
«Apple Erondagi uyali aloqa bozorining 11 foizini egallaydi. Iste’molchi huquqlariga nisbatan hurmat – Apple amal qilmayotgan tamoyildir. Biz ilovalarning o‘chirilganligi bilan bog‘liq huquqiy choralar ko‘ramiz», deb yozgan vazir Twitter’da.
Ko‘pchilik eronliklar Apple’ning ushbu qarorini tanqid qilishgan va #StopRemovingIranianApps («Eron ilovalarni o‘chirishni to‘xtating») heshtegini joriy etishgan.
Apple’ning o‘zi esa hozircha bu qaroriga biror izoh bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...