Bir nechta sayyohlik internet-servislarini birlashtiruvchi Expedia kompaniyasi sobiq prezidenti Dara Kosrovshaxi Uber bosh direktori lavozimini egallaydi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Bungacha top-menejer lavozimiga tayinlash uchun direktorlar kengashi Hewlett Packard Enterprise bosh direktori Meg Uitman va General Electric rahbari Jefri Immelt nomzodlarini rad etgandi.
Kompaniyaning birinchi bosh direktori va asoschisi Trevis Kalanik iyun oxirida kompaniya ko‘rgan zararlar va ketma-ket mojarolardan norozi bo‘lgan aksiyadorlar bosimi ostida iste’foga chiqqanidan keyin Uber’ga yangi rahbarni qidirish boshlangandi.
Kalanik, kompaniya asoschisi sifatida, direktorlar kengashida qoladi. Shuningdek, unda aksiyalarning 10 foizi ham qoladi.
Nashr eslatishicha, Uber’ni shafqatsiz korporativ madaniyatni joriy qilishda ayblashgan edi. Shuningdek, kompaniyani haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar texnologiyasini o‘g‘irlashda ayblagan Alphabet kompaniyasi bilan sud mojarolari bo‘lib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”