16:53 / 29.08.2017
5 008

Yangi iOS chiqqanidan so‘ng 180 mingdan ortiq ilova ishlashdan to‘xtaydi

Yangi iOS chiqqanidan so‘ng 180 mingdan ortiq ilova ishlashdan to‘xtaydi
Sentyabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iOS operatsion tizimining yangi, 11-versiyasi 180 ming ilovaga to‘g‘ri kelmaydi. Bu Apple kompaniyasining 32 bitli protsessor uchun yozilgan softni qo‘llab-quvvatlashdan to‘liq voz kechishi bilan bog‘liq. Business Insider shu haqida ma’lum qildi.

Sensor Tower tahlil kompaniyasining hammuassisi Oliver Yening so‘zlariga ko‘ra, App Store'da 187 mingga yaqin 32 bitli dasturlar yoxud barcha "ayfon" ilovalarining taxminan 8 foizi joylashtirilgan. Eskirgan softning to‘liq ro‘yxatini tuzishning iloji yo‘q, biroq kuz oylaridan yangilangan i-qurilmalarda video yozuvchi YouTube Capture, iSpadez karta o‘yini, Neo Nectaris harbiy strategiyasi va Infinity Blade slesheri kabi dasturlar ishlashdan to‘xtaydi.

iOS 11 tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan ilovalarning aksariyati (38 619) - o‘yinlar. "Ayfon"dagi qaysi dasturlar 32 bitli ekanini bilish uchun qurilma sozlamalariga kirib, "Asosiylari" - "Bu qurilma haqida"ga o‘tish kerak va "Dasturlar" punktini bosish kerak. Agar barcha ilovalar 64 bitli bo‘lsa, ulargda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.

Ta’kidlash joizki, Apple 2013 yildan buyon, iPhone 5s smartfoni relizidan keyin 64 bitli dasturlarni qo‘llab-quvvatlab keladi. 2015 yilning fevralidan kompaniya barcha yangi dasturlar 64 bitli chiplarga muvofiq bo‘lishini talab qiladi.

iOS 11 OTning chiqish sanasi e’lon qilinadigan Apple taqdimoti 12 sentyabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. "Olma" kompaniyasi navbatdagi taqdimotida uch smartfonni namoyish etadi: iPhone 7s va 7s Plus'ning takomillashgan modellari, shuningdek iPhone 8. Bundan tashqari LTE-tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlovchi Apple Watch "aqlli" soatlarining yangi versiyasi hamda 4K kontentli Apple TV yangi avlod telepristavkasi namoyishi kutilmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi iOS chiqqanidan so‘ng 180 mingdan ortiq ilova ishlashdan to‘xtaydi