VimpelCom Eurasia Mobile Challenge tanlovini boshladi

Amsterdam va Toshkent. Shtab-kvartirasi Amsterdamda joylashgan va 213 mlndan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi telekommunikasion xizmatlarni taqdim etuvchi etakchi kompaniya, O‘zbekistonda “Evraosiyo mobil kubogi” halqaro innovasiyalar tanlovi boshlangani haqida e’lon qildi. Tanlovning maqsadi – butun Evroosiyodan mobil telekommunikasiyalari hududida aktual echimni joriy qilishda yoshlarni jalb etishdir.
Tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston mamlakatlari vakillari ishtirok etishadi. Har bir ishtirokchining asosiy masalasi – o‘z mamlakati uchun mos keladigan mobil echimni yaratib, o‘z konsepsiyasini hakamlar hay’atiga taqdim etishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlardagi foydalanuvchilar uchratadigan muammolarni echib, noyob va innovasion ilovani ishlar chiqarishlari lozim bo‘ladi.
“Bizning dunyo tobora raqamli va mijozlarga yanada moyilli bo‘lib bormoqda, va bu sharoitda innovasiyalarning paydo bo‘lish tezligi va taraqqiyotning rivojlanishi juda muhim. Shuning uchun biz yangi mahsulotlar joriy etilishiga barcha kuchimizni sarflamoqdamiz va shu bilan birga butun dunyodan istiqbolli yoshlarni bu jarayonga qo‘shmoqdamiz. Mazkur tanlov yoshlarga milliy, diniy, kelajakda esa tijorat imkoniyatlarini amalga oshirish uchun tijorat ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan”, – deydi VimpelCom Ltd. bosh texnik direktori Yogesh Malik.
“O‘zbekistonning aholisi juda yosh: aholining yarim qismi 25 yoshdan oshmagan fuqarolardir. Eurasia Mobile Challenge doirasida yoshlarga mobil texnologiyalardan foydalangan holda, hududiy va jahon bozoridagi zamonaviy echimlar yordamida butun sanoatni raqamli o‘zan tomoniga qaratib ishbilarmonlik g‘oyalarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat taqdim eta olishimizdan mamnunmiz” – belgiladi O‘zbekistondagi Beeline bosh direktori Vladimir Petrov.
Bugun boshlanayotgan tanlov texnik va notexnik mutaxassislikdagi yoshlar uchun global platformani ifodalaydi. Mazkur o‘zishuv kelajakni barpo etish uchun qator imkoniyatlar yaratishga yordam beradi, shuningdek hududda va mamlakatda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Har bir ishtirokchi-mamlakatda “Evraosiyo mobil kubogi”ning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z malakatidagi raqiblari bilan bellashadilar. eurasiamobilechallenge.com havolasi orqali ro‘yhatdan o‘tish mumkin. Undan keyin oktyabr oyining o‘rtalarida boshlanadigan mahalliy Bootcamp dasturi doirasida taqdim etiladigan mobil echimni joriy etishni boshlash mumkin. Shunday Bootcamp-dasturlar doirasida qator seminarlarga tashrif buyurgan holda ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini takomillashtirishlari mumkin. Ular shu bilan birga o‘z mamlakatidagi, yoki chet eldagi ularning g‘oyalarini haqiqiy mobil echimiga aylantira olishda ko‘mak beruvchi kuratorlariga murojaat qilishlari ham mumkin.
Tanlov ishtirokchilarining ishlari har bir ishtirokchi-mamlakatning soha ekspertlari tomonidan novatorlik, muhimlik, universallik va noyoblik mezonlari bo‘yicha baholanadi. Seminarlar bo‘lib o‘tgandan so‘ng, har bir mamlakatdan uch finalist aniqlanadi, ular 2015 yilning yanvar oyida Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim
finalda ishtirok etishadi. Keyin esa uch hududiy finalist boshqa hududiy komandalar bilan bellashish uchun 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselona shahrida Halqaro mobil aloqa kongresi doirasida bo‘lib o‘tadigan Global Mobile Challenge tanloviga yo‘l oladilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing