Ijtimoiy tarmoq blogerlarning video va to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishlarini targ‘ib etuvchi alohida promo-vositani sinovdan o‘tkazmoqda. Endilikda mualliflik kontentlari avtomatik tarzda foydalanuvchilar tasmasiga tavsiyanomalar “arg‘imchoq” ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Keyinroq ijtimoiy tarmoq roliklar va translyatsiyalarni targ‘ib etish uchun targetingni sozlash imkoniyatini yaratmoqchi.
Promoga ariza berish uchun bloger “Yordam” bo‘limi bilan tanishib chiqishi zarur. Shu bo‘limda muallif yana blogning tijoriylashtirish va uni yuritish bo‘yicha savollarga javob olishi mumkin. Targ‘ib qilish esa avtomatik tarzda yuz beradi.
“Odnoklassniki avval ham mualliflik kontentlarini targ‘ib etib kelgan, biroq yangi vositalar blogerlarga obunachilarni yig‘ishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Shunday qilib kontent yaratuvchilari ijtimoiy tarmoqda tezlik bilan o‘z auditoriyalarini topishlari, keyinroq esa hamkorlik dasturi orqali videoreklamalar namoyishlari yordamida daromad olishlari mumkin”, – deb ta’kidladi Odnoklassnikining “Video” va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori Marina Krasnov.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda videobloglarni yuritish, strimlar va matnli bloglar yaratish uchun vositalar to‘plami mavjud. Video oluvchi foydalanuvchilarda o‘z sahifalarida ham, guruhlarida ham turli hil kanallar yaratish imkoniyati bor. Videolar indekslanadi va roliklarni ijtimoiy tarmoqning o‘zida yoki qidiruv tizimi orqali topish mumkin.
Strimerlar jonli efirlarni OK Live mobil ilovasi yoki ijtimoiy tarmoqning veb-ko‘rinishi orqali qo‘shimcha dasturiy ta’minotdan foydalanmagan holda olib borishlari mumkin. Bu holatlarda efir to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon kamerasi yoki kompyuterning veb-kamerasidan olib boriladi. Kompyuter monitoridan o‘yinlar yoki dastular strimingi qo‘shimcha dasturlar yordamida sozlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda