Yangi Apple smartfonlariga 3 kunda 10 mln kishi buyurtma berdi


iPhone 6s va 6s Plus’ga oldindan buyurtma berish mumkin bo‘lganidan uch kun o‘tib, Apple kompaniyasi ilk natijalarni e’lon qildi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Apple’ning yangi smartfonlariga buyurtma bergan foydalanuvchilar soni 10 millionga yaqinlashmoqda.
Nashr ta’kidlashicha, Plus-versiya yetarlicha miqdorda bo‘lganida (ko‘plab mamlakatlarda 5,5 dyuymli smartfonlar taqchilligi kuzatildi) va oldindan buyurtma qilish barcha mamlakatlarda bir vaqtda boshlanganida, ko‘rsatkichlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.































Izohlar 0
…