Samsung Galaxy S6 Edge+ smartfoni Toshkentda 3,9 mln so‘mdan sotila boshladi

Avgust boshida taqdim etilgan Samsung Galaxy S6 Edge+ O‘zbekistonda sotila boshladi. Bu haqda «Mobinfo.uz»ga asoslanib Daryo.uz xabar berdi.
Galaxy S6 Edge+ smartfoni deyarli avvalgi Galaxy S6 Edge smartfonining nusxasi hisoblansa-da, uning ekrani kattalashtirilgan. Yangi modelning ekrani ham egikdir.
Qurilma 5,7 dyuym va 2560×1440 pikselli Super AMOLED displey, sakkiz yadroli Exynos 7420 prosessori, 4 Gb tezkor xotira, 16 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.
Toshkentdagi «Fleshka» savdo majmuasida Samsung Galaxy S6 Edge+ (32 Gb) taxminan 3,9 million so‘mga sotilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing