

Qilinishi mumkin bo‘lgan yagona ish — Sukerberg va Channing sahifasiga obunani bekor qilish. Bu holatda agar obunani bekor qilgan foydalanuvchining do‘stlari Sukerberg yoki Channing postlariga layk qo‘ysa, bu postlar baribir ko‘rinishi mumkin. Boshqa mashhurlarning profillarni esa bloklash mumkin.

Facebook vakilining so‘zlariga ko‘ra, agar bir nechta foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida bitta profilni bloklashga urinsa, xato haqida xabar chiqishi mumkin. «Boshqa so‘z bilan aytganda, kompaniyaning rasmiy pozitsiyasi shundaki, Sukerberg va Channing profillari ularni bloklamoqchi bo‘lgan foydalanuvchilarning so‘rovlari bilan to‘lib ketgan», — deyiladi Quartz nashrining xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar