Taniqli IHS Markit kompaniyasi mutaxassislari Samsung shirkatining yangi yetakchi smartfoni – Galaxy Note 8 modeli qismlarining tannarxini hisoblab chiqdi. Bu haqida «Mobinfo.uz»ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Galaxy Note 8 qismlarining yalpi qiymati 350 dollarga teng. Ma’lumot o‘rnida, Galaxy Note 7 modelini ishlab chiqarishga 290 dollar ketgan. Shu bilan birga, IHS Markit yuqoridagi tannarx marketing xarajatlarini hisobga olmasligini eslatib o‘tgan.
Ayni paytda, sentyabrda sotila boshlanishi kutilayotgan smartfonning chakana narxi 880—1000 dollarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 8 6,3-dyuymli Super AMOLED displey (2960 x 1440 piksel), optik barqarorlashtirish, svetodiod yoritgichli Dual Pixel texnologiyasida ishlab chiqilgan ikki 12-megapikselli asosiy kamera, quvvati 3300 mA/soatga teng akkumulyator bilan jihozlangan. Telefon Samsung Exynos 8895 protsessori asosida ishlaydi. Telefondagi tezkor xotira hajmi 6 gigabaytga teng.
O‘zbekistonda Galaxy Note 8’ning sotuvlari sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar