Shvetsiyaning Ucell’ga egalik qiluvchi TeliaSonera kompaniyasi MDHdan asta-sekinlik bilan ketishga qaror qildi

Shvetsiyaning Ucell’ga egalik qiluvchi TeliaSonera kompaniyasi MDHdan asta-sekinlik bilan ketishga qaror qildi
Shvesiyaning Ucell’ga egalik qiluvchi TeliaSonera kompaniyasi MDHdan asta-sekinlik bilan ketishga qaror qildi

Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi Yevrosiyo mintaqasidagi faoliyatini asta-sekinlik bilan tugatadi hamda Yevropa va Shvetsiya bozoriga e’tiborini kuchaytiradi. Bu haqda telekommunikatsiya kompaniyasi 17 sentyabr, payshanba kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

«Jarayon Yevrosiyo mintaqasidagi ishtirokimizni qisqartirib, biroz vaqtdan so‘ng uni to‘liq tark etish maqsadida boshlandi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

TeliaSonera Yevrosiyo mintaqasiga sobiq Ittifoq mamlakatlari — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldaviya, Gruziya, shuningdek, Nepalni kiritadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar