Xiaomi "aqlli ko‘rpa"ni sotuvga chiqardi

Xiaomi "aqlli ko‘rpa"ni sotuvga chiqardi
Xiaomi kompaniyasi o‘ziga qarashli MIJIA kraudfanding platformasida g‘aroyib mahsulot - "aqlli ko‘rpa" uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi. Charpa ko‘rpasining ilg‘orligi shundaki, ko‘rpa haroratni nazorat qiladi, deb yozmoqda «Terabayt» nashri.

Ko‘rpaning o‘ziga xos funksiyasi — xona yoki muhit haroratini his qiladi va zaruratga ko‘ra, foydalanuvchini kerakli harorat bilan ta’minlaydi. Misol uchun, xona isib ketganida ko‘rpadagi tola o‘zidan salqinlik ajratadi. Xona salqinlashsa, ko‘rpa o‘zidan issiqlik ajrata boshlaydi.
Xiaomi "aqlli ko‘rpa"ni sotuvga chiqardi
Ma’lum qilinishicha, ko‘rpada maxsus sensorlar yo‘q. Haroratni nazorat qilish uchun ta’sirchan tolaning o‘zi mas’ul. Tashqi ko‘rinishidan bu «gadjet» oddiy ko‘rpadan farq qilmaydi va 100% paxtadan tayyorlangan.

Ko‘rpaning 1,5 metr o‘lchamlisi 1 kg tosh bosadi va 75 dollar, 2 metrlisi 1,15 kg bo‘lib 95 dollardan sotiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar