Isroillik ixtirochilar transport yo‘llaridan ham elektr energiyasi olish mumkin, degan g‘oyani ilgari surishmoqda...
Hozirda mavjud elektr energiyasini tabiiy yo‘l bilan olish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu bilan bog‘liq ko‘plab g‘oyalar ishlab chiqilmoqda, lekin mazkur loyiha arzon, sifatli va eng asosiysi xavfsizligi bilan boshqa shu kabi g‘oyalardan ajralib turadi. Maxsus tashkil etilgan avtotransport yo‘llaridan mashinalar harakatlanganda, bevosita bepul elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Mashinalar serqatnov yo‘llarda esa bu imkoniyat yanada ko‘payadi. Qanday qilib deysizmi?
Bu g‘oyani amalga oshirish va hayotga tadbiq etish uchun Isroilda harakatlar boshlab yuborildi. Serqatnov yo‘llar yuzasi 25 sm. qalinlikdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi asfalt bilan qoplanmoqda. Bu ixtiro haqida g‘oya mualliflaridan biri Oren Ezer shunday deydi: — Bu g‘oya bilan biz bepul va har tomonlama xavfsiz elektr energiyasini olishga intilmoqdamiz. G‘oyamiz juda mukammal va maqsadli, deya olaman. Chunki mashinalar yerga qaysidir ma’noda bosim bilan harakatlanadi. Ana shu bosim va yer bilan ishqalanish natijasida maxsus qoplamada elektr energiyasi hosil bo‘ladi, bu esa bepul elektr energiyasini ishlab chiqarish degani.
Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bitta markazga to‘planadi va uni iste’molchilarga tarqatiladi (aholiga, korxonalarga va boshqa...). Bu esa kelajakdagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi