
Apple kompaniyasi o‘z operatsion tizimining yangi – iOS 11 talqinini 12 sentyabrda, yangi iPhone bilan birga taqdim etishni ko‘zlagan edi. Ammo mazkur versiya xodimlardan biri orqali internetga «sizib» chiqib ketdi, deb yozadi «Terabayt» nashri.
Xakerlar bekor o‘tirishmaydi!
Kompaniya bu ishning aybdorini izlash bilan mashg‘ul bo‘lgan payti dasturchilar allaqachon proshivkaning kodini tahlil etib, ancha-muncha sirlarni aniqlashga ham ulgurishdi.
Xususan, barcha intiqlik bilan kutayotgan «yubiley» modeli – «iPhone 8» haqidagi ma’lumotlar ham aniqlandi... Yo‘g‘e, uzr, bu model bunday deb nomlanmasligi endi aniq bo‘ldi – uning nomi «iPhone X» ekan!
Nomlanishi va xususiyatlari
Ha, endi Apple’ning yangi flagmani «iPhone 8» ham, «iPhone Edition» ham emas, balki «iPhone X» deb nomlangani aniq bo‘ldi. Buning tasdig‘ini dasturchilar yakuniy iOS 11 talqini kodidan topdilar.
Ushbu qurilmaga diagonali 5,8-dyuym bo‘lgan OLED ekran o‘rnatilgan. Apple’ning «yubiley» flagmani 3 GB tezkor xotiraga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar