
13,3 dyuymli noutbukning korpusi alyuminiydan yasalgan bo‘lib, qalinligi atigi 10,4 mm.ni tashkil qiladi. “Spectre 13” deb nomlangan mazkur devays 5 aprel kuni ommaga taqdim etildi, deb xabar beradi Darakchi.uz.
Mazkur ko‘rsatkichlari bilan u “Apple MacBook” (13,2 mm.) hamda “Dell XPS 13” (15,2 mm.) singari noutbuklarni ham ortda qoldiradi.
“Spectre 13”ning og‘irligi 1,1 kilogramm — “MacBook Air” (0,92 kilogramm) noutbukidan sal og‘irroq. Biroq uning USB qabul qilish qurilmasi bir emas, uchta, shuningdek, protsessori ham ancha baquvvat. Undan 130 dollar arzonroqqa baholanadi. Ya’ni noutbuk 9,5 soat davomida mustaqil ishlashi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar