Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i Android TV texnologiyalarini, shuningdek Sony, Sharp, Philips va Hisense qo‘llab-quvvatlovchi “OK Video” ilovasini ishga tushirdi. Ilovani yana Nvidia Shield va Xiaomi’s Mi Box qurilmalariga ham o‘rnatish mumkin.
“OK Video” ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi va uni dunyo bo‘ylab bepul o‘rnatish mumkin. OK shunga o‘xshash ilovani 2016 yilda Smart TV platformasidagi Samsung va LG televizorlari uchun ishga tushirgan edi.
Ilova orqali foydalanuvchilar, blogerlar va guruhlarga tegishli videoroliklarni, hamda Odnoklassnikining hamkorlari: STS, “ChE”, “Domashniy” telekanallari taqdim etgan tv-shoular va seriallarni ko‘rishlari mumkin.
“OK Video”da to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlarning kengaytirilgan to‘plami ham paydo bo‘ldi. Bu yerda NTV, «Rossiya 24», «Moskva 24» va boshqa yirik telekanallarning translyatsiyalaridan tashqari Odnoklassnikining veb-ko‘rinishi foydalanuvchilarining va OK Live ilovasi orqali olingan mashhur translyatsiyalarni ham ko‘rish mumkin. Videopleyerda tomoshabinlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtidagi sharhlari ham ko‘rinadi. Yaqin orada videopleyerdagi foydalanuvchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlari va chat Smart TV texnologiyasida ishlovchi televizorlarda ham paydo bo‘ladi.
Ilovaning yangi imkoniyatlari qatorida ijtimoiy tarmoqdagi profil orqali ro‘yxatdan o‘tish va maxsus funksiyalardan foydalanish mumkin. Shaxsiy login va paroldan foydalanib tarmoqqa kirilgandan so‘ng foydalanuvchilar televizorda shaxsiy sur’atlar va videolarni ko‘rish, “Keyinroq ko‘rish” funksiyasi yordamida rolik tomoshasini keyinroqqa qoldirish, ijtimoiy tarmoqdagi sizni qiziqtirgan ma’lumotlar asosida shaxsiy tavsiyalardan foydalanish mumkin. “OK Video”da avtorizatsiya jarayonida uskunaning o‘ziga xos hususiyatlari hisobga olingan: o‘z profiliga televizor pulti yordamida to‘rt raqamli kodni terib kirish mumkin.
Ilovada videoroliklar foydalanuvchi tomonidan qo‘shimcha harakatlarsiz, avtomatik tarzda yuklanadi. Bundan tashqari, “OK Video” uskunalarning hususiyatlari, ekran kattaligi va internet-bog‘lanishi tezligidan kelib chiqqan holda ko‘rsatuvning optimal namoyishi sifatini tanlaydi: rolikning parametrlaridan kelib chiqqan holda istalgan sifatda ko‘rish mumkin, hatto Ultra HD (4K) ko‘rinishida ham.
Har oy 14% rossiyaliklar televizordan internet tarmog‘iga ulanish uchun foydalanadilar (Mediascope, fevral-iyul 2017, 12+, Rossiya 0+). Shunga qaramay o‘tgan yil oxiridan boshlab televizordan internet tarmog‘iga ulanib TV kontentlarini ko‘rayotganlar soni 14%ga oshdi (Mediascope, prirost fevral-iyul 2017 k iyul-dekabr 2016, 12+, Rossiya 0+).
Marina Krasnova, Odnoklassniki loyihasining “Video” va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:
— OK bu Runetning yetakchi videoplatformasidir. Millionlab foydalanuvchilar har kuni ijtimoiy tarmoqda video tomosha qiladilar. Bu uchun kontentni tomosha qilish uchun qulay joyda bo‘lishning o‘zi kifoya - kompyuter, smartfon ekrani yoki uydagi televizor shular qatoridan o‘rin olgan. Bizning Smart TV uchun ilovamiz bir yil davomida foydalaruvchilarning ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilar videolarini teleekranda tomosha qilishga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘rsatdi. Bu esa bizni Android TV platformasida ushbu trendni rivojlantirishga va uy televizorlaridagi tomoshalar sonini orttirish yo‘lida qo‘shimcha sharoitlar yaratishga undadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi