10:33 / 14.09.2017
5 281

Video uchun portativ printer

Video uchun portativ printer
Endi avvalgidek muzlatkichning ustiga surat yopishtirish, suratlarni qog‘ozga chiqartirgani fotoatelega yugurish shart emas. Bu ishlar uchun allaqachon portativ printer ixtiro qilingan. U “LifePrint” deb nomlanadi, deb yozadi Darakchi nashri.
“LifePrint” – videotasvirlar uchun maqbul printer sanaladi. Gap shundaki, fototasvirlarni uch o‘lchamli shaklda chop etadi.

Siz u orqali o‘z kompyuter, planshet yoki telefoningiz xotirasiga o‘rnatilgan videorolikni maxsus matoga chiqartirib olasiz. Tasvirdagi siz yoqtirgan holatni “stop-kadr” qilib, muqovaga joylab berishi ham mumkin. Qurilma Instagram, Vine, Facebook, Twitterdagi sahifalardan ham videoroliklarni chop etib berishi mumkin.

“LifePrint” 10-15 ta fotosurat chop etish quvvatiga ega. Quvvati bir soatga yetadi. iOS va Android qurilmalari uchun maxsus messenjer ham bo‘lib, u videotasvirlarni do‘st va tanishlarga yuborish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Video uchun portativ printer